Roy Xojson APL taridagi eng qari murabbiyga aylandi

  • 24 fevral, 2019, 02:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya chempionatining 27-turi doirasida "Lester Siti"ga qarshi uchrashuv uchun jamoasini boshlab chiqqan Xojsonning yoshi 71 yosh 198 kunni tashkil etdi.

Shu tariqa keksa Roy bu borada "Nyukasl Yunayted"ni 2004 yilda boshqargan Bobbi Robsonni ortda qoldirdi. Robson o‘shanda 71 yosh 192 kunlik edi.

Ma’lumot uchun, "Kristal Pelas" ortda qolgan 27 turdan so‘ng 30 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!