
Ro‘ziqul Berdiev: Futbolchilarimizda tajriba etipshmayapti
"Bugungi uchrashuvda kuchli jamoa g‘alaba qozondi. “Bunyodkor” jamoasi bizga nisbatan ancha kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Raqibimiz bugun xaqli g‘alabaga erishdi. Agar biz penaltini aniq amalga oshirganimizda, balki o‘yinni o‘z tarafamizga og‘dirgan bo‘lardik. Afsuski bu amalga oshmadi. Keyin qizil kartochka orqali himoyachimiz maydondan chetlatildi, bu ham o‘yinimizga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Bundan tashqari himoyachimiz G‘olib G‘aybullaevni ham boshidan olgan jarohati tufayli majburiy almashtirdik. “Bunyodkor” jamoasi bugun yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana oldi. Albatta biz o‘z oldimizga kuchli oltilikka kirishni maqsad qilgan edik, afsuski buni bajara olmadik. Biz ham muxlislar ham bunday holatga tayyor bo‘lishimiz kerak. O‘zingizga ma’lum, bizni chempionlik darajasidagi futbolchilar tarkibimizdan ketishdi. Ammo shunday keyin ham bizdan mu’jiza kutishdi, bu bajarilishi qiyin bo‘lgan vazifa edi. Bunga erisha olmadik.
O‘yinlarda ko‘plab vaziyatlar yaratayapmiz, ammo o‘yinchilarimizda tajriba etishmasligi bizga pand berayapti. Vaziyatlarni golga aylantirishda katta tajriba talab etiladi. Tarkibimizda harakat qilayotgan futbolchilarimizga bunday uchrashuvlar tajriba maktabi bo‘lishi aniq. Ularda kelajak bor", - dedi Berdiev
Fikrlar