Ro‘ziqul Berdiev: "Paxtakor" bugun o‘zining mavsumdagi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi
Matbuot anjumanining dastlabki qismida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi. Bu haqda "Nasaf" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Raqib bugun katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi, o‘ylashimcha "Paxtakor" bugun mavsumdagi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi. Guvohi bo‘ldilaringiz, bugun jamoamizga nisbatan “Paxtakor” tarkibida katta tajribaga ega futbolchilar harakat qilishdi. Bu o‘z samarasini ko‘rsatdi. Biz ikkinchi bo‘limda yaxshi himoyalanishimiz kerak edi, shundan kelib chiqib besh nafar himoyachi bilan harakat qildik. Ammo bunday himoya bilan standart vaziyatlarda ham e’tiborli bo‘lishimiz kerak edi. Afsuski, biz bugun aynan standart vaziyatlardan gol o‘tkazib yubordik. “Paxtakor” ham bu imkoniyatlardan unumli foydalana oldi. Albatta, bu ularga katta ustunlik berdi", - deb aytib o‘tdi Berdiev.

Fikrlar