Ro‘ziqul Berdiev: Shunday o‘yinlar orqali futbolchilarda mahorat oshadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pepsi Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Bugun natija uchun o‘ynadik, bu natija biz uchun juda muhim edi. G‘alabadan xursandmiz, g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni ham tabriklayman. Endi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugun tezkor o‘yin bo‘lmadi, ob-havoni ham ko‘rib turibsizlar, himoyada bexato harakat qildik va ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘ldik. Tartibli va natija uchun harakat qilganimiz evaziga bugun g‘alaba qozondik. Raqibmiz juda jiddiy edi, tarkib jihatidan ham “Qo‘qon-1912” jamoasi bizdan kuchliroq edi. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli edi va bunga erishdik. Muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Biz besh o‘yindirki, g‘alaba qozona olmayotgan edik. G‘alaba biz uchun juda zarur edi. Ahvolni futbolchilarimiz ham tushunib turishibdi. Hamma bizdan g‘alaba kutayotgan edi. Yigitlarga rahmat, o‘zlari ham bir-birlariga ruhan dalda bo‘lishdi. Futbolchilarimizda ishtiyoq kuchli, to‘g‘ri ba’zan sovuqqonlik etishmayapti. Ammo ishonamanki, mana shunday o‘yinlar orqali albatta mahorat ham keladi. Harakatdan va intilishdan to‘xtamasligimiz kerak. Keyingi o‘yinga ham tayyorlikni bugun kiyinish xonasidan boshladik. Bizni yana jiddiy o‘yin kutib turibdi. Bo‘lajak o‘yinga ham puxta tayyorlanamiz va g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Amirjon Safarov haqida? Safarov ham sekin asta o‘yinlarimizga kirishib borayapti, unga keyingi o‘yinlarda ham ishonishda davom etamiz. Biz hamma o‘yinchilarimizga ishonch bildiramiz. Ya’ni maydonga tushishga imkon beramiz. Safarovning bugungi o‘yini yaxshi chiqdi. Bunga o‘zlaringiz ham guvox bo‘ldilaringiz", - deb aytib o‘tdi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!