Runi: "Manchester Yunayted"dan ketadigan payt keldi
"Manchester Yunayted" sardori Ueyn Runining ushbu jamoadagi nasiba tugamoqda va futbolchining Xitoy chempionatiga ko‘chib o‘tishi tobora oydinlashib bormoqda.
Xitoy chempionatining badavlat jamoalari - "Guanchjou Evergrand" va "Beytszin Goan" mavsum yakunlangach, 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi. Hozircha, Runiga guanchjouliklar haftasiga 700 ming funt, pekinliklar 820 ming funt maosh berishni va’da qilmoqda.
Ueyn Runi joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safida Angliya chempionati va Evropa ligasida jami 17 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol urdi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum yakunlanishi bilan Ueyn Runining o‘rniga "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni olib kelishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar