Ruslan Chagaev faoliyatini yakunladi

  • 17.10.2016 10:55
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni o‘zbekitonlik Ruslan Chagaev (34-3-1, 21 KO) rasman professional boksdagi faoliyatini yakunladi. Bunga uning ko‘zlari bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.

Bu haqda bokschining sobiq menejeri Timur Dugazaev ma’lum qilgan.

Ruslan ko‘rish qobiliyatida muammolar yuzaga kelganligi sababli rasman faoliyatini yakunladi. Biz unga ajoyib xayrlashuv jangi tashkil qilib bermoqchi edik, ammo u sog‘lig‘ini muhim bilib, karerasini yakunlashga qaror qildi, – deydi Dugazaev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Chagaev himoya jangi o‘tkazmaganligi uchun WBA vaqtinchalik chempionlik kamaridan mahrum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!