Ruslarning ishongan bokschisi barcha sovrinlarni boy berdi

  • 20 noyabr, 2016, 12:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida tashkil etilgan professional boks kechasida  rossiyalik Sergey Kovalyov  yarim og‘ir vazndagi WBA (Super), WBO hamda IBF  chempionlik kamarlarini himoya qilish uchun amerikalik bokschi  Andre Uordga qarshi ringga chiqdi. 

Tecno

12 raund davom etgan superjang teng kurashlar ostida o‘tdi. Rossiyalik bokschi jangni juda ishonchli boshladi va ikkinchi raundda raqibini nokdaunga ham tushirdi. Kovalyov bor e’tiborini og‘ir va kuchli zarba yo‘llashga qaratdi. Uord esa tezkor va aniq zarbalarni ko‘proq berishga harakat qildi. 

Chempionlik jangida Uort tanlagan atktika o‘z samarasini berdi. Uchrashuvda zarbalar hisob-kitobi bilan shug‘ullangan hakamlarning barchasi Andre Uordning 114-113 hisobidagi g‘alabasini ko‘rsatdi. 

Shu tariqa, Sergey Kovolyovning WBA (Super), WBO hamda IBF  chempionlik kamarlari Andre Uordga o‘tdi.  

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!