
Rustam Ashurmatov: "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublaridan ham takliflar bo‘lgandi
Mahoratli himoyachimiz Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyaning «Gvangju» klubiga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor. Aytish kerakki Ashurmatovning yangi jamoasi Janubiy Koreya chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etadi.
SPORTS.uz muhbiri Ashurmatov bilan suhbat uyushtirdi. Iqtidorli futbolchimiz "Bunyodkor"dan ketgach unga "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" klublaridan ham takliflar bo‘lganini aytib o‘tdi.
- «Gvangja» jamoasidan menga qiziqish bildirildi va ularning taklifi meni o‘ziga tortdi. Shu bilan birga menga boshqa klublardan ham jiddiy takliflar bor edi. Shuning evaziga menda variantlardan birini tanlash borasida ikkilanish bor edi. Ayniqsa, o‘zimizning etakchi jamoalar – «Paxtakor», «Lokomotiv» kabi jamoalardan katta qiziqishlar bo‘lgandi. Lekin oxir-oqibat o‘zimni legioner sifatida sinab ko‘rishni xohladim. Shu bois «Gvangju» jamoasini tanladim.
Rustam Ashurmatov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar