
Sadriddin Abdullaev 10 mln, Cheran 5 mln so‘m jarima to‘laydi
Vaziyatga yaqin turgan uchrashuv bosh hakami Ahrol Risqullaev “Lokomotiv” vakili Sadriddin Abdullaevni qizil kartochkaga munosib ko‘rib, uni maydondan chetlatgandi.
“Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvining 42-daqiqasida yuz bergan mazkur vaziyat atroflicha o‘rganib chiqildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Natijada, Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim 5.45 bandining “I” qismini qo‘pol ravishda buzganligi uchun “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Sadriddin Abdullaev navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatildi hamda unga nisbatan 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, o‘sha vaziyatda professional futbolchiga xos bo‘lmagan hatti-harakat bilan provakatsiya boshlagani uchun “Paxtakor” a’zosi Dragan Cheran 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Fikrlar