Saida Mahmudova hamda uning shogirdlari mahorat saboqlarida ishtirok etdi

CHERY AUTO

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan mamlakatimizda navqron avlod o‘rtasida sportning stol tennis turini yanada ommalashtirish borasida ko‘plab samarali ishlar olib borilmoqda.

Tecno

Ushbu ishlar doirasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova tomonidan bugun poytaxtimizdagi bir qator maktabgacha ta’lim muassasalarida mazkur sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bilan birgalikda mahorat saboqlari o‘tkazildi.

– Bundan ko‘zlangan maqsadimiz bolalarimizning stol tennisi bilan yanada ko‘proq shug‘ullanishlarini ta’minlash va buning natijasida ularning salomatliklarini yanada mustahkamlashdir, — deydi Saida Mahmudova. – Biz so‘nggi yillarda federatsiyamiz tomonida yoshlarni mazkur sport turiga oshno qilish bo‘yicha bir qator ishlar olib bormoqdamiz. O‘ylaymanki, bugun tashkil etilgan mahorat saboqlari bolalarda stol tennisiga qiziqish uyg‘otadi. Eng muhimi esa ular yozgi ta’til kunlarida sport bilan shug‘ullanib, vaqtlari mazmunli o‘tadi.

photo_2018-07-06_12-18-35

photo_2018-07-06_12-18-17

photo_2018-07-06_12-18-06

photo_2018-07-06_12-18-13

photo_2018-07-06_12-18-26

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!