Saida’lo qiyin g‘alabaga erishdi
Asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurashgan tennischilarimizdan faqatgina Saida’lo Saidkarimov o‘z maqsadiga etishdi. O‘zbekistonlik tennischi hal qiluvchi bellashuvda niderlandiyalik Roy Sarut de Valk bilan kuch sinashdi.
Bahraynning Manama shahrida davom etayotgan "Fyuchers" turkumidagi musobaqada saralash bellashuvlari yakunlandi.
Ikki soatdan oshiq davom etgan uchrashuvda Saida’lo Saidkarimov raqibini 7:6, 0:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, asosiy to‘rga chiqdi.
Saralash musobaqasining hal qiluvchi bellashuvlarida raqiblariga imkoniyatni boy bergan Shonig‘mat Shofayziev va Amal Sultonbekov uchun yakkalik bashlari erta tugadi.

Fikrlar