Salkam 40 yil muddat davomida o‘z qit’a chempionatida qatnasha olmagan jamoa haqida

  • 24 dekabr, 2016, 10:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kelasi yil avvalida Gabon davlatida Afrika Millatlar Kubogi 2017 bahslari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bu chempionat boshqalardan farqli ravishda ikki yilda bir tashkil etiladi.

Shu o‘rinda Ganaga uchralgan malubiyatdan so‘ng 39 yillik muddat davomida Afrika qit’asining nufuzli turnirida qatnasha olmayotgan Uganda terma jamoasiga to‘xtalsak.

Mahalliy aholi tomonidan “turnalar” deya tilga olinadigan bu jamoa 1978 yilgi Afrika Millatlar Kubogida ulkan natijalarga erishib, hammani lol qoldirgan edi. Kubok bahslarining final bosqichiga qadar etib borgan ugandaliklar mezbon jamoa Gana vakillariga (0-1) mag‘lub bo‘lishgan edi.

E’tiborli jihati bu chempionatda kumush medalni qo‘lga kiritgan ugandaliklar Afrika Millatlar Kubogida hozirga qadar biror marta ishtirok eta olishmadi.

2018 yilgi Jahon chempionatiga saralash bahslarida a’lo darajada qatnashayotgan “turnalar”dan navbatdagi qit’a chempionatida ham sensatsion natija kutish haqli bo‘lsa kerak.

Ular 2017 yil 14 yanvardan start oladigan chempionatning guruh bosqichida Misr, Gana hamda Mali terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2015 yilda o‘tkazilgan Afrika Millatlar Kubogida Kot-d'Ivuar terma jamoasi penaltilar seriyasida Gana terma jamoasini mag‘lub etib, chempionga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!