
Saloh burchakdan gol urdi, jarohat olib maydonni tark etdi va Misr 1 kishi kam bo‘lib o‘ynadi
Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida Misr terma jamoasi Svazilendga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan o‘yinda misrliklar 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur bellashuvda “Liverpul” hujumchisi, Misr terma jamoasi etakchisi Muhammad Saloh burchak zarbasidan raqib darvozasiga gol urdi.
Gol urilgan vaziyatdan bir necha daqiqa o‘tib Saloh jarohat olib maydonni tark etdi. U vaqtgacha Misr termasi bosh murabbiyi barcha zaxiralarni amalga oshirib bo‘lgani sababli, Saloh jamoadoshlari qolgan vaqtni 1 kishi kam bo‘lib o‘ynadi
Fikrlar