
Saloh joriy mavsumda birinchi marotaba xet-trik amalga oshirdi va Obameyangga etib oldi
APL 16-turi doirasida "Liverpul" "Bornmut"ni mehmonda mag‘lub etdi.
Aytib o‘tish joizki, "qizillar" xujumchisi Muhammad Saloh raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Saloh joriy mavsumda birinchi marotaba xet-trik amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, misrlik futbolchi joriy mavsum APL doirasida 10 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Ushbu ko‘rsatkich bilan u "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Per-Emerik Obameyanga etib oldi.
Fikrlar