
Sanjar Fayziev va Jo‘rabek Karimov juftligi "Chellenjer-2018" Xalqaro turniri g‘olibi bo‘ldi (foto)
Respublika olimpiya zahiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan "Chellenjer-2018" Xalqaro turnirining juftlik bahslarida g‘oliblar aniqlandi.
Final bahsi. Sanjar Fayziev-Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston) juftligi Frederiko Gayo (Italiya) – Enrike Lopes Peres (Ispaniya) juftligiga qarshi. Birinchi setda hamyurtlarimiz ancha dadil o‘ynadi va hisob ham shunga yarasha bo‘ldi: 6-2. Ammo ikkinchi setda bahs tay-brekka qadar etib bordi va tennischilarimizga biroz omad etishmadi: 6-7(3). Hal qiluvchi setda esa omad Sanjar va Jo‘rabek tomonda bo‘ldi: 11-9.
Fotolar muallifi Rashid GALIEV.
Fikrlar