Sanjar Fayzievning Punadagi ertagi yakunlandi

  • 22 noyabr, 2018, 13:39
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO

Hindistonning Puna shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "KPIT-MSLTA ATP Challenger" musobaqasining juftlik bahslarida chorak final bosqichi o‘tkazildi. 

Sovrin jamg‘armasi 50,000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu turnirning mazkur davrasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev qozog‘istonlik Aleksandr Nedovesov hind tennischilari – Ramkuram Ramanatan va Vijay Sundar Prashantga qarshi o‘yin o‘tkazishdi.

Ushbu bahsda Sanjar va Aleksandr 3:6, 4:6 hisobida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!