Sanjar rossiyalik raqibini to‘rtinchi bor mag‘lub etdi
Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan "Fyuchers" turnirining asosiy to‘r bellashuvlari boshlandi.
Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev birinchi davrada Rossiya vakili Denis Matsukevich bilan raqobatlashdi. Bir soatdan oshiq davom etgan uchrashuvda o‘zbekistonlik raketka ustasi 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi. Bu Sanjar va Denisning o‘zaro to‘rtinchi uchrashuvi bo‘ldi. Sanjar hozircha bellashuvlarning barchasini o‘z foydasiga hal qilib kelmoqda.
Tajribali tennischimiz Temur Ismoilov yana bir hamyurtimiz Amal Sultonbekovni 6:3 6:0 hisobida dog‘da qoldirdi va ikkinchi davrada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Tennis malikalari Qarshi kortlarida mahorat ko‘rsatmoqda
Musobaqalarni muvaffaqiyatli boshlagan estoniyalik Vladimir Ivanov, belaruslik Dmitriy Jirmont, serbiyalik Miki Yankovich ham ikkinchi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fikrlar