Sanjar saralashdan chiqqan tennischini bazo‘r engdi
Qatarda takil etilgan "Fyuchers" turnirida ishtirok etayotgan Sanjar Fayziev musobaqani qiyin g‘alaba bilan boshladi.
Dastlabki bosqichda saralashdan chiqqan tennischi - italiyalik Mirko Kutuliga qarshi o‘tkazgan Sanjar raqibini engish uchun ancha ter to‘kishga majbur bo‘ldi. O‘zbekistonlik tennischi jiddiy qarshilikka duch kelgan bo‘lsa-da, boy tajribasi evaziga ikki soatdan oshiq davom etgan bahsni 7:5, 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Ikkinchi davrada Sanjar Fayziev saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan yana bir tennischi - Sezar Testoniga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar