
Sankt-Peterburg yakuniy turnirga mezbonlik qilmoqchi
"St.Petersburg Open" turnirining ijrochi direktori Nataliya Kamelzon erkaklar o‘rtasidagi yakuniy turniri Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilishini so‘rab, ATRga ariza yo‘llagani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Men sizlar xursandchilik bilan shuni ma’lum qilamanki, ATRga yakuni turnirni o‘tkazish bo‘yicha ariza to‘ldirdim. Nasib qilsa, bu musobaqa Sankt-Peterburgda o‘tadi", – deydi Nataliya.
Eslatib o‘tamiz, Mazkur musobaqani o‘tkazish huquqi 2020 yilgacha Buyuk Britaniyaga berilgan. Shu sababli ham 2009 yildan buyon "ATP Finals" turniri London shahrida o‘tkazilib kelinmoqda.
Fikrlar