Santush Portugaliyaning tarkibini e’lon qildi, Ronaldu yo‘q
E’tiborlisi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu oktyabr oyidagi o‘yinlarga ham jalb etmadi.
Portugaliyaning Polsha va Shotlandiyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi
darvozabonlar – Ruy Patrisiu («Vulverxempton»), Klaudiu Ramush («Tondela»), Betu («Gyoztepe»);
himoyachilar – Sedrik Soaresh («Sautgempton»), Joau Konselu («Yuventus»), Luish Netu («Zenit»), Pedro Mendesh («Monpele»), Pepe («Beshiktash»), Ruben Dias («Benfika»), Kevin Rodriges («Real Sosedad»);
yarim himoyachilar– Brunu Fernandesh («Sporting»), Danilu Pereyra («Portu»), Jedson Fernandesh, Pitstsi (ikkalasi – «Benfika»), Renatu Sanshesh («Bavariya»), Ruben Nevesh («Vulverxempton»), Serjiu Oliveyra («Portu»), Vilyam Karvalyu («Betis»), Bernardu Silva («Manchester Siti»);
hujumchilar – Bruma («RB Leyptsig»), Gonsalu Guedesh («Valensiya»), Elder Koshta («Vulverxempton»), Andre Silva («Sevilya»), Antonio Eder («Lokomotiv»).
Ma’lumot uchun, Santush shogirdlari 11 oktyabr sanasida Millatlar ligasi doirasida Polsha bilan, 14 oktyabrda esa Shotlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Fikrlar