Sardor Rahmonov: AGMK g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman
Unda dastavval olmaliqliklar ishtirok etishdi. Jumladan AGMK himoyachisi Sardor Rahmonov ham bo‘lajak bellashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ikki yil birinchi ligada o‘ynagan bo‘lsam, bu yil AGMK taklifi bilan olmaliqliklar safiga kelib qo‘shildim. O‘z o‘yinlarim bilan jamoam g‘alabalariga xizmat qilishni istayman. Ertangi uchrashuvda esa bor imkoniyatimizni ishga solishga intilamiz", - dedi Rahmonov.
Ma’lumot uchun, Rahmonov so‘nggi yillarda Muborakning "Mash’al" klubi safida to‘p tepgan edi.

Fikrlar