Sarri: "Liverpul" mag‘lubiyatga uchrayotgan holatda ham Klopp kulib turgandi

  • 14 oktabr, 2018, 11:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri APLning 7-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi uchrashuv uchrashuv natijalari (1:1) haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Shunday uchrashuvlar bo‘ladiki ohirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborganingizga qaramay, siz o‘yin bilan bahramand bo‘lasiz. Bellashuv tugashiga 10 daqiqa qolganida menga qarab turgan Kloppga e’tibor qaratdim.  

Men undan nima sababdan kulayotganini so‘radim. "Liverpul" shu payt mag‘lubiyatga uchrayotganiga qaramay u o‘yindan bahramand bo‘layotganini aytib o‘tgandi. 

Uchrashuvdan so‘ng biz ikki qadrdonlar kabi bir birimizni qutladik, ishonchim komilki, "Chelsi" g‘alaba qozonsa ham Kloppning reaktsiyasi xuddi shunaqa bo‘lar edi, - deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Liverpool Echo nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!