
Serik Konakbaev G‘ofur Rahimov bilan AIBA prezidentligi uchun kurash olib boradi
Qozog‘istonlik sobiq taniqli bokschi Serik Konakbaev xalqaro havaskorlar boks federatsiyasi (AIBA) rahbarligiga nomzodlar qatoridan joy oldi.
Bungacha ushbu lavozimga faqatgina o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov asosiy da’vogar bo‘lib turgan edi. U joriy yil yanvaridan AIBA rahbarligi lavozimin vaqtinchalik bajaruvchi sifatida ishlab kelmoqda. Oldingi rahbariyat ko‘plab qoidadan tashqari ishlarda ayblangani sababli iste’foga chiqarilgan edi.
AIBA prezidentligiga saylovlar 3 noyabr kungi tashkilotning Moskvadagi kongressida bo‘lib o‘tadi. Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlevning so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish jarayonida ishtirok etadigan ko‘plab milliy federatsiyalar vakillari Rahimov nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Shu o‘rinda xalqaro Olimpiya qo‘mitasi AIBAga boshqaruv, moliya va antidoping bo‘yicha masalalarda e’tiroz bildirishda davom etmoqda. Shu sabab boks keyingi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmasligi mumkin. Shuningdek, XOQ AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov bo‘lishiga noroziligi bildirgan.
Fikrlar