"Sevilya" o‘z safiga "Atletiko" hujumchisini qo‘shib olmoqchi
"Sevilya" rahbariyati jamoaga "Atletiko" hujumchisi Nikola Kalinichni olib kelmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra andalusiyaliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi. O‘z navbatida “matraschilar” ham yangi futbolchi xarid qilish uchun Kalinichni transferga qo‘yishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Kalinich “Atletiko” safiga yozda “Milan”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar