"Sevilya" o‘z safiga "Zenit" futbolchisini qo‘shib olmoqchi

  • 15 yanvar, 2019, 18:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi himoyachisi Luish Netu "Sevilya"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli portugaliyalik futbolchining rus klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Uning transferi 3 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, “Zenit”  Netuni 2013 yil “Siena”dan 6,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum piterliklar safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!