Shahzod Sobirov shohsupa ostonasida turibdi
Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahzodbek Sobirov ham terma jamoamiz g‘aznasiga medal qo‘shish imkoniga ega bo‘ldi.
90 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan Shahzod Sobirov dastlabki uchrashuvda rossiyalik david Oganesyanni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa-da, keyingi davrada serbiyalik Aleksandr Kukoljga yutqazib qo‘ydi.
Hamyurtimiz bronza medal uchun kurashni davom ettirmoqda va bu yo‘lda ozarbayjonlik Tural Safgulievni engdi.
Shahzodbek Sobirov medal uchun bo‘ladigan so‘nggi bahsda rossiyalik Magomed Magomedovga qarshi tatamiga chiqadi.

Fikrlar