
"Shalke" sport direktori APLni jiddiy tanqid qildi
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi sport direktori Kristian Xaydel Angliya premer-ligasida chiptalar narxi juda baland ekanligini jiddiy tanqid ostiga oldi.
“Angliyadagi narxlarga qarang! Men u erda ko‘p bo‘lganman. U erdagi stadionlarda ajoyib muhit hukmron. Lekin, shuni aytishim mumkinki, buni futbolga hech qanday ahamiyati yo‘q. Germaniyada esa biz muxlislarga qulaylik yaratishga, ular uchun chipta narxlarini tushirishga harakat qilamiz. Futbol barchaga, jumladan oilalar va yosh muxlislar uchun ham ochiq bo‘lishi kerak”, - deydi Xaydel.
Ma’lumot uchun, Angliyada eng arzon abonement 514 evro bo‘lsa, Germaniyada 319 evro.
Fikrlar