
“Shanxay SIPG” Obameyyangga 150 million evro taklif qildi. U Ahmedov bilan jamoadosh bo‘ladimi?
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha yaqindagina hamyurtimiz Odil Ahmedovni o‘z safiga qo‘shib olgan “Shanxay SIPG”klubi gabonlik forvard uchun 150 million evro taklif qilgan.
Agar Obameyang bu taklifni qabul qilsa, u holda haftasiga 800 ming evro (yiliga 41 million evro atrofida) maosh olib, bu borada dunyoda yaqqol etakchilikni o‘z qo‘liga olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina “Shanxay Shenxua” a’zosiga aylangan Karlos Teves hozircha dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lib turibdi. Xitoy klubi 32 yoshli argentinalik futbolchiga haftasiga 720 ming evro to‘laydi.
Fikrlar