
Sherzod Qosimov OCh U-19 chorak final o‘yinini boshqaradi
Bugun musobaqaning chorak final uchrashuvlariga start beriladi. Chorak finalda quyidagi juftliklar o‘zaro bahs olib borishadi.
Qatar - Tailand
Yaponiya - Indoneziya
Janubiy Koreya - Tojikiston
Saudiya Arabiston - Avstraliya
Sherzod Qosimov Saudiya Arabistoni - Avstraliya uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga qanotda Andrey Tsapenko yordam beradi. Uchrashuvi 29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bungacha Sherzod Qosimov Xitoy Taypeyi - BAA va Yaponiya - Iroq uchrashuvlarida ishlagandi.
Fikrlar