Shevchenko Ukraina termasi bilan kelishuvni uzaytirdi

Ukraina futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Andrey Shevchenko bilan shartnomani uzaytirdi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, tomonlar yana ikki yil hamkorlikni davom ettiradi. Shartnoma 2020 yil iyuliga qadar tuzilgan, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko terma jamoani 2016 yildan beri boshqarib keladi. Endi uning oldiga Evro-2020 turniriga chiqish vazifasi yuklatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!