Shevchenko: Ukraina termasi o‘yinidan va natijadan mamnunman

  • 11 oktabr, 2018, 05:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Italiyaga qarshi (1:1) o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin o‘z firklarini bildirdi.

Tecno

“Ukraina terma haqidagi iliq fikrlar uchun rahmat, ammo birinchi taymdagi o‘yin uchun futbolchilar bunga loyiq emas. Biroq ikkinchi bo‘limda biz sifatliroq o‘yin ko‘rsatdik. Garchi o‘z darvozamizan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak ham, javob golini urishga erishdik.

Milliy terma jamoasi boshqarish men uchun muhim va buni katta sharaf deb bilaman. Ukraina termasining xatti-harakatidan mamnunman. Bugungi natijadan ham. Bir necha futbolchi jarohat oldi, shuning uchun ularning holatiga baho berishimiz lozim”, – dedi Shevchenko.

Ma’lumot uchun, Millatlar ligasi 4-turi doirasida Italiya terma jamoasi Polshaga qarshi (14 oktyabr) bahs olib borsa, Ukraina o‘z maydonida Chexiyani (16 oktyabr) qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!