Shohjahon Ergashev murabbiyi va xalqimizni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

  • 15.06.2018 11:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev ayni damda Moskva shahrida bo‘lib turibdi.

Shohjahon Ramazon hayiti munosabati bilan Moskvada istiqomat qiluvchi murabbiyi Sayfullo Po‘latov xonadoniga bordi. U ustozini hayit bayrami bilan tabrikladi va yaqin kunlarda o‘tkaziladigan jangi oldidan u bilan maslahatlashdi.

“Barchamizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Xalqimizni va barcha musulmon ahlini muborak ayyom bilan tabriklayman. Men Moskvadaman, bu erda men uchun qadrli bo‘lgan murabbiyim Sayfullo aka bilan uchrashdim va bo‘lajak jangim oldidan duo oldim. Nasib qilsa, tez kunlarda Moskva shahrida ringga ko‘tarilaman.”

Sports.uz inetrnet portali xodimlari ham fursatdan foydalanib barchani Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!