Shohruh Xolmurodov 28 iyulda jang qiladi
O‘zbekistonlik yakkakurash jang san’atlari ustasi Shohruh Xolmurodov 28 iyulda o‘zining navbatdagi jangini Xitoyda o‘tkazadi.
MMA qoidalari bo‘yicha 66 kilogramm vazn toifasida o‘tadigan jangda Shohruh xitoylik Greblerga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu sportchi shu vaqtga qadar 7 marta ringga chiqib, 5 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Shohruh dastlab professional janglarini muay-tay sport turida boshlagan va Tailandda mashg‘ulotlar olib boradi.

Fikrlar