
Shonig‘matjon Shofayziev juftlik bahslarida finalga chiqdi
Shu tariqa finalga yo‘l olgan Shonig‘matjon va Darko finalda koreyalik Cheong Eyu Kim va yaponiyalik Rio Noguchi bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Pokistonning Islomobod shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida Shonig‘matjon Shofayziev serbiyalik Darko Yandrich bilan yarim final bahsida kortga chiqdi.
Shofayziev va Yandrich tandemi final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda rossiyalik Anton Chexov va germaniyalik Kay Vexneltga qarshi kortga chiqdi va 4:6, 6:4, 10-5 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar