
Shota Arveladze: E’tiborni mahalliy futbolchilarga qaratdik
Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqichida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ertaga o‘z maydonida Iroqning “Eyr Fors” klubini qabul qiladi.
Mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani takshil qilindi. Dastlab OAV xodimlari savollariga mezbon klub bosh murabbiyi Shota Arveladze javob qaytardi.
– Boshlanayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Biz yaxshi o‘yin namoyish etgan holda muxlislarni xursand etishni istaymiz. Havo iliq bo‘lishi kutilmoqda, stadionga ko‘plab ishqibozlar kelishini kutmoqdaman.
- Raqibning bir necha o‘yinlarini o‘rgandik. Ular tajribali jamoa, uch bor OFK Kubogida g‘olib chiqishdi. Lekin uyda biz g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Tayyorgarlik davrida boshida tarkib to‘liq bo‘lmadi, ko‘p o‘yin o‘tkazmadik. Vaziyatdan chiqishga urinamiz. Tarkibga imkon qadar zarur o‘yinchilar taklif etildi. E’tiborni mahalliy futbolchilarga qaratdik. O‘ynash uchun barchada imkon bo‘ladi.
- Yangi o‘yinchilarga ishonchimiz borligi uchun ular bilan shartnoma imzoladik. Ulardan ko‘p narsa kutib qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Eyr Fors” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga, 12 fevral kuni “Paxtakor” stadionida soat 15:00da start oladi. O‘yinni Kim Xi Gon boshchiligidagi koreyalik hakamlar brigadasi boqsharib boradi.
Fikrlar