
Shota Arveladze: Guruh bosqichida kuchsiz jamoa bo‘lmaydi
Bugun 2018 yilgi Osiyo Chempionlar ligasiga qur’a tashlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra Toshkentning “Paxtakor” klubi musobaqani Qatarda, aniqrog‘i mahalliy “Al-Garafa” jamoasiga qarshi pley-off bosqichiddan boshlaydigan bo‘ldi.
“Sherlar” ushbu o‘yinda muvafffaqiyat qozongan taqdirda “Al-Jazira” (BAA), “Al-Axli” (Saudiya Arabistoni) va “Traktorsozi” (Eron)lar bilan bir guruhdan o‘rin olishi ma’ulm bo‘ldi. Qur’a natijalari borasida “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bizni dastlab "Al-Garafa"ga qarshi o‘tadigan muhim o‘yin kutmoqda va bor e’tiborimiz ushbu bellashuvga qaratiladi. Guruh bosqichida esa kuchsiz jamoa bo‘lmasligi ma’lum. Barcha guruhlarda kuchli jamoalar to‘plangan. Qatarda mavsum qizib bormoqda va bu ularda o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq muammo yo‘qligini bildiradi.
O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan "Lokomotiv" va "Nasaf"ga turnirda omad tilayman”, - deb ta’kidladi Shota Yustinovich.
Fikrlar