Sidiqov va Qilichev vodiy derbisining eng yaxshi futbolchilari deb topilishdi
Oliy ligada 10-turdan o‘rin olgan beshta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvi Namanganda “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida kechdi. Vodiy derbisini nomini olgan bahsda durang natija qayd etildi.
O‘yin yakuniga etgach, har ikki jamoa murabbiylari eng yaxshi futbolchilarni tanlab olishdi. Unga ko‘ra, Namangandagi bellashuvda Oybek Qilichev (“Navbahor”) va Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)lar eng yaxshi o‘yinchi sifatida tan olindi.



Fikrlar