Simona Xalep va Karolin Voznyatski o‘rtasidagi final uchrashuvi oldidan prevyu

Joriy yilgi Avstraliya ochiq chempionatining finaliga turnirda birinchi va ikkinchi raqamda saralangan Simona Xalep hamda Karolin Voznyatski chiqdi.

Bu yilgi turnirda Serena Uilyams va Viktoriya Azarenko kabi kuchli tennischilarning yo‘qligi, Mariya Sharapova hamda Vinus Uimlyamsning musobaqani erta yakunlagani sabab, “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi mazkur turnirning finaliga ilk marotaba chiqqan ikki tennischi – Simona va Karolin o‘rtasidagi uchrashuvga guvoh bo‘lamiz.

Ular haqida qisqacha ma’lumot:

Simona va Karolin o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasi:

O‘zaro o‘yinlardagi hisob 4:2 Voznyatski foydasiga.

“Katta dubulg‘a” musobaqlaridagi turnirlarda ilk marotaba to‘qnash kelmoqdalar. Shuningdek, final uchrashuvida ham birinchi marta bahslashmoqda.

So‘nggi uchrashuv o‘tgan yili Singapurda WTA tomonidan tashkil etilgan yakuniy turnirda bo‘lib o‘tgan. Unda Karolin 6:0, 6:2 hisobida zafar quchgan.

Simona Xalepning finalga qadar o‘tkazgan o‘yinlari:

909484364

Raund 1:  Destani Ayyava – 7:6, 6:1

Raund 2: Ejeni Bushar – 6:2, 6:2

Raund 3: Loren Devis – 4:6, 6:4, 15:13

Raund 4: Naomi Osaka – 6:3, 6:2

Chorak final:Karolina Plishkova – 6:3, 6:2

Yarim final: Anjelik Kerber – 6:3, 4:6, 9:7

Karolin Voznyatskining finalga qadar o‘tkazgan o‘yinlari:

wozniacki_4

Raund 1:Mixaela Buzarnesku – 6:2, 6:3

Raund 2: Yanoy Fett – 3:6, 6:2, 7:5

Raund 3: Kiki Bertens – 6:4, 6:3

Raund 4:Magdalena Ribarikova – 6:3, 6:0

Chorak final: Karla Suares Navarro – 6:0, 6:7, 6:2

Yarim final: Elize Mertens – 6:2, 7:6.

Bu natijalar faqatgi raqamlar va ortda qolgan bahslardir. Simona va Karolin har ikkala tennischi ham o‘zgacha uslub va maxoratli tennischilardir. Ular o‘rtasida kim kuchli va tajribaliroq ekanini ertangi final uchrashuvida bilib olamiz.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!