
Sky Sports nashri Angliya terma jamoasining Ispaniyaga qarshi qanday tarkibda maydonga tushishini aniqladi
Sky Sports nashri manbaasi Angliya terma jamoasi bugun Ispaniyaga qarshi qanday tarkibda maydonga tushishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra Garet Sautgeyt ilk daqiqalardan quyidagi futbolchilarni maydonga tushiradi: Jordan Pikford - Kiran Tripper, Djo Gomes, Garri Maguayr, Ben Chilvel - Garri Uinks, Erik Dayer, Ross Barkli - Markus Reshford, Raxim Sterling, Garri Keyn.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya – Angliya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar