Smolling MYuga shart qo‘ymoqda

  • 22.11.2018 12:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Kris Smolling mankuanliklar bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qildi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli futbolchi “qizil iblislar” bilan shartnomani uzaytirishga rozi, faqat buning uchun maoshini 4,7 mln evrodan 7 mln evroga oshirishlarini talab qilmoqda. Aytish lozimki, Smollingning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Ammo MYuda uni yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.

Ma’lumot uchun, Smolling “Manchester Yunayted” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 303ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!