
Smolov "Krasnodar" rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
"Lokomotiv" klubi yangi a’zosi Fyodor Smolov sobiq jamoasi "Krasnodar"ga o‘z minnatdorchidigini bildirdi.
- "Krasnodor" futbol klubiga ajoyib 3 yil uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoadoshlarim, murabbiylar shtabi, rahbariyat va albatta, muxlislarga raxmat. Umrimning ohiriga qadar bu davr mening yuragimda bo‘ladi, - dedi Smolov.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchining transferi mosvaliklarga avval taxmin qilinganidek 9 million evroga tushgan. Smolovning o‘zi esa “Loko” bilan 4 yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasida yiliga 3,1 million evro maosh oladi.
Fikrlar