
Sobiq "Bunyodkor"chi o‘z vaqtida "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida aytib o‘tdi
Toshkentning “Bunyodkor” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo “Barselona”da o‘ynab yurgan chog‘larida “Manchester Yunayted” klubidan jiddiy qiziqish bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
“Barselona”dalik paytimda klub meni Angliyaga sotib yubormoqchi ekanligi haqida juda ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgan. Ammo, shaxsan menda bunday imkoniyat bo‘lmagan. O‘sha paytlarda Barselonadagi barcha gazetalarda agentlar mening vakillarim bilan uchrashishgani haqida xabarlar chop etilgan. “Manchester Yunayted”ning menga qiziqish bildirgani qanchalik to‘g‘ri buni bilmayman.
1999 yilda barcha meni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi va bu men uchun juda muhim edi. Men futbolga kambag‘al bir oiladan kirib keldim va keyinchalik dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldim, bu ajoyib edi”, - deydi Rivaldo.
Fikrlar