
Solari "Real"ning "El-klasiko" uchun qaydnomasini e’lon qildi
Xabaringiz bor bugun “Real” “Kamp Nou”da Ispaniya kubogi doirasida “Barselona”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Madridliklar ustozi Santyago Solari esa ushbu o‘yin qaydnomasini e’lon qildi.
“Real” Madrid: Keylor Navas, Tibo Kurtua, Diego Altube, Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Serxio Regilon, Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Dani Sebalos, Mariano Dias, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Real" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar