
"Spartak" - "Krilya Sovetov" 3:1 (video)
Bugun Rossiya Premer-ligasi 15-turidan o‘rin olgan "Spartak" hamda "Krilya Sovetov" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Moskvadagi "Otkritie-Arena"da kechgan bellashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 49-daqiqada Sergey Kornilenko hisobni ochdi.
59-daqiqada esa Sofyan Xanni muvozanatni tikladi. Oradan 1 daqiqa o‘tgach esa Lorenso Melgarexo moskvaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga esa yakuniy nuqtani Luis Adriano qo‘ydi - 3:1.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov esa bugun zaxirada qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar