"Spartak" bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Moskvaning "Spartak" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Massimo Karreraning iste’foga chiqarilgani haqida e’lon qildi.
Endi jamoani vaqtincha uning assistenti Raul Riancho boshqarib turadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 54 yoshli italiyalik mutaxassis “Spartak”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Rossiya chempioni va Superkubogi sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Spartak" Karrera o‘rniga "Monako"dan iste’foga chiqqan Leonardu Jardimni taklif qilishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Spartak" ayni damda Rossiya premer-ligasida 18 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar