Statistika bu mavsum APLda "Liverpul" chempion bo‘lishini aytmoqda

  • 27.12.2018 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor “Liverpul” kecha o‘z maydonida “Nyukasl”ni 4:0 hisobida engdi va birinchi davrani mag‘lubiyatsiz yakunladi.

APL rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra Yurgen Klopp jamoasi birinchi davrani mag‘lubiyatsiz yakunlagan tarixdagi to‘rtinchi jamoaga aylandi. Bundan avval bunday natijani faqatgina “Arsenal” (2003/04), “Manchester Yunayted” (2010/11) va “Manchester Siti” (2017/18) qayd etgan xolos. E’tiborlisi, ushbu jamoalarning barchasi o‘sha mavsumlarda chempion bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda 51 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!