
Sten Vavrinka joriy yilgi mavsumni yakunlashga majbur bo‘ldi
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka Bazel shahrida o‘tayotgan "Swiss Indoors Basel" turnirida ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Bunga sabab u musobaqaga bir kun qolganida mashg‘ulot jarayonida kutilmaganda belidan jarohat oldi. Shu tariqa, turnirning asosiy to‘rida Vavrinki o‘rniga serbiyalik Dushan Layovich o‘ynaydigan bo‘ldi.
"Bu mavsum men uchun ham jismonan, ham ruhan og‘ir o‘tdi. Endi men yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutaman", – deydi Sten.
Fikrlar