Sterling, Pogba va Obameyang APLning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

  • 1 may, 2018, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi yakuniga etgan aprel oyi laureatiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga  Raxim Sterling ("Manchester Siti"), Jeyk Livermor ("Vest Bromvich"), Uilfrid Zaa ("Kristal Pelas"), Djordan Pikford ("Everton"), Pol Pogba ("Manchester Yunayted"), Kristian Eriksen ("Tottenxem") va Per-Emerik Obameyang ("Arsenal") kabi futbolchilar da’vogarlik qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, so‘rovnoma yakunlari 8 may kuni e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!