
Suares: "Real"ning Chempionlar ligasida ketma-ket g‘olib bo‘lishi bizni bezovta qilib qo‘ygan
“Barselona” forvardi Luis Suaresning so‘zlariga ko‘ra “Real”ning ketma-ket Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi kataloniyaliklarning bu borada bezovta qilib qo‘ygan.
“Chempionlar ligasidagi vaziyat biz uchun chidab bo‘lmas darajaga etdi. Biz Ispaniya miqyosida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdik, ammo “Real” ketma-ket 3 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Bu tarixiy voqea va bu bizni chindanda bezovta qilmoqda.
Bu g‘olib chiqish mumkin bo‘lgan juda qiyin musobaqa. Messidan barchasini o‘zi hal qilishni talab qilish adolatsizlik. U juda katta iqtidor egasi bo‘lishiga qaramay, baribir bizning yordamimizga muhtoj. Messining ishtiyoqi hozir har qachongidan ham kattaroq. U endi bizning sardor va u kubokni boshi uzra ko‘tarmoqchi”, - deydi urugvaylik futbolchi.
Fikrlar