
Suares faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin
“Barselona” yarim himoyachisi Denis Suares yaqin vaqt ichida jamoasini almashtirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda bu futbolchi xizmatlariga “Milan” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italyan klubi bu bilan tarkibda jarohatlar sababli kelgan muammolarni bartaraf etmoqchi.
Denisning o‘zi ham klubdan ketish variantini o‘rganib chiqmoqda. U bu mavsum atigi 100 daqiqa o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.
Fikrlar